Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob – hayot ko‘zgusi

Yunusobod tumanidagi 274-maktabda tuman AKM bilan hamkorlikda “Kitob – hayot ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Gulxan” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Dilafro‘z Zayniyeva, “G‘uncha” jurnali mas’ul kotibi Dilfuza Kamoljonova, AKM mutaxassislari ishtirok etishdi. 4-a va 4-b sinf o‘quvchilari “Tong yulduzi” gazetasi, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida chop etilgan she’rlardan yod aytishdi. O‘qigan kitoblari haqida so‘zlab berishdi. Mehmon ijodkorlar yig‘ilganlarga  ijod namunalaridan o‘qib berib, kitob, mutolaaning afzallliklarini hayotiy misollar bilan uqtirib berishdi. Ular faol o‘quvchilar va maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishdi. Tadbir so‘ngida Yunusobod tumani AKM tomonidan faol ustozlar Dilfuza Oripova, Nodira Ismoilova, kutubxona mudiri Yulduz Roziqova va mehmonlarga “Tashakkurnoma” berildi.

   

 Mahmuda VALIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.