- Rukn: Sheʼrlar
- 295 marta ko‘rilgan
Abdulla Oripov xotirasiga
Samo ko‘zgusini yerga tutgan dam,
Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.
Qo‘ng‘irtov bo‘yida surgancha xayol,
Uni shoir qilib yaratdi hayot.
So‘zni ko‘ngil bilan terdi qirlardan,
Ko‘zlarin qadagan tog‘lar purviqor.
Daryolar mavjiga mudom jo‘r bo‘ldi,
“Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.
So‘z ila qayradi nazmiy shamshirin,
Qalblarni zabt etdi she’rlarin kuchi.
Zarhal satrlarda dur kabi ma’no,
Yurt madhi yangradi ko‘klarni quchib.
She’riyat osmonin bezagi bo‘lgan
Ul “Mitti yulduz”da baytlarin bitdi.
Olamni ta’riflab, ko‘klam chog‘ida
Go‘zallik poyiga guldasta tutdi.
Shonli kunlarini yodimga olib,
Xotirlab yozganim shu bir parcha she’r.
Mangu tiriklikning bayoti bo‘lib,
Qutlug‘ bir saharda ko‘z ochdi shoir.
Gulsevar UMRZOQOVA,
Abdulla Oripov ijod maktabining
10-sinf o‘quvchisi