Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jamiyatning ilg‘or kishisi

Jurnalist de­­ganda o‘z ishi­­­­­­ning mohir us­­­­ta­si, har qanday  va­­ziyatga xolis yondasha ola­digan, insonlarga yordam bera­digan, ado­latparvar, yan­­gi­liklarga intiluvchan, iz­lanishdan charchamaydigan, nutqi ravon, notiq, jamiyatning ilg‘or kishisi ko‘z oldimga keladi. O‘ylaymanki,  bu xislatlarning ham­masi jurnalistda bo‘lishi shart. Sababi, jurnalistlar xalq bilan ishlovchi, odamlarning ko‘plab muammolarini o‘rganib, ularga aniqlik kirituvchi, vaziyatni talqin qiluvchi, insonlar bilan aloqa o‘rnatishda yetakchi, o‘rnak bo‘luvchi shaxsdir.

Men ko‘plab teleboshlovchilar ishi­ni qiziqish bilan kuzatib boraman. Masalan, Muslimbek Yo‘ldoshev, Nilufar Sotvoldiyeva, Jamshid Umirzoqov, Dildora Rustamova, Jahongir Olimov, G‘olib To‘ychiyev. Ulardan o‘zimga jurnalistik saboqlar olaman. Bu kasb egalari xalqning quvonch-u tashvishlariga sherik insonlardir. Sohani egallash uchun o‘qish, tinimsiz izlanish kerakligini ham yaxshi bilaman.

Odamlar matbuotga katta umid bilan qaraydilar, ko‘ngillaridagini yozadilar.

Men, ayniqsa, O‘zbekiston telekanallari orqali berib boriladigan muhokamali mavzularni qiziqish bilan ko‘rib boraman. Ijodkorlar muammolarni hal qilish uchun soha mutaxassislarini jalb qilib, ular orqali savollarga javob beradilar, yechim izlaydilar va bu bilan xalqimiz dardiga davo topadilar.

 

Marjona ABDULLAYEVA,

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 27-maktab 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.