Kim yurtiga sodiq bo‘lsa…
Uka yoki singlingizga kimdir qattiq gapirsa, jahlingiz chiqishi aniq. Ha, chunki siz oilangiz posboni, qo‘rg‘onisiz. Yaqinlaringizga ozor yetsa, chiday olmaysiz. Bu sizdagi vatanparvarlik sifati, albatta.
Aynan “Shon-sharaf” muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Jangovar harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi, “G‘alaba” bog‘i xodimlari bilan hamkorlikda “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” nomli tadbirning o‘tkazilishi bejiz emas. Unda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tashkiliy safarbarvarlik bosh boshqarmasi, “Vatan” xayriya jamoat fondi vakillari, vazirlik faxriylari, “Veteran” jangchi faxriy va nogironlar uyushmasi va “Shuravi” birlashmasi a’zolari hamda Toshkent shahridagi 191, 326, 153-maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari insoniy fazilatlarni, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish borasida so‘z bordi.
Shu kuni qatnashchilar bog‘ bo‘ylab sayr etib, u yerdagi muzey hamda xotira monumentlarini tomosha qildilar, manzaradan bahra oldilar. Bundan tashqari, harbiy mashina, tankalar va Ikkinchi jahon urushini eslatuvchi barcha avtoulov turlari bilan tanishdilar.
Azim AXTAMOV