Kitob – eng yaqin doʻstim
Shu kunlarda muhtaram Prezidentimizning Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabida kitob haftaligi doirasida “Kitob – eng yaxshi doʻst” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat va tuman vakillari bilan bir qatorda Gulxanjon ham ishtirok etdi. Mehmonlar kitobning inson hayotidagi oʻrni haqida soʻzladilar. Savol-javoblar asosida tashkil etilgan soʻrovnoma gʻoliblariga badiiy kitoblar sovgʻa qildilar. Oʻquvchilar tayyorlagan sheʼr, qoʻshiq va raqslar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Viloyat “Navroʻz” nashriyoti ham oʻz koʻrgazmasi bilan qatnashib, kitobga oshno koʻngillarni shod etdi.