Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob o‘qigan “Cobalt” minadi

Har yili an’anaviy tarz­da o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining VII mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Respublika bosqichiga qadar juda ko‘p kitobxonlar badiiy asarlardan olgan bilimini sinovdan o‘tkazdi. Finalga esa eng kuchlilar yetib keldi. Ha, 42 nafar yosh kitobxonlar bu safar Prezident sovg‘asi — “Cobalt” avtomoboliga egalik qilish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga solishdi.

Ishtirokchilar 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida 5 ta — “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Insho yozish”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “She’riyat”, “Tezkor savol-javob” shartlari asosida imtihon qilindi. Eng kichik yosh toifasida bellashganlar natijasi esa quyidagicha:

1-o‘rin — Muhammadiyeva Nargiza O‘lmas qizi (Samarqand viloyati), “Cobalt” avtomobili sohibi;

2-o‘rin — Mansurjonova E’zoza Jasur qizi (Namangan viloyati), 50.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi;

3-o‘rin — Sharopova Halima Sherali qizi (Buxoro viloyati), 30.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi.

Qolgan ishtirokchilar esa 10.000.000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    

Nargiza MUHAMMADIYEVA:

— Tanlov yorqin taassurotlar va hayajonli lah­zalarga boy bo‘l­di. Ayniqsa, sahna ortidagi do‘stona mu­hit, bir-birimiz­ga bo‘lgan iliq muno­sa­bat  juda yoqdi. Beshta shartdan ay­nan bittasini ko‘nglim­ga man­­zuri, deb ay­tol­mayman. Chunki har bir shartga ish­ti­yoq bilan tay­­yorlanganim men­­ga kuch be­rib turardi. Aso­siy­si, tan­lovdan so‘ng Samarqandda ki­tob­xonlik maktabining ya­na­da taraqqiy etishi uchun bundan buyon g‘ayrat bilan yosh bilimdonlarning ko‘payishiga hissa qo‘shmoqchiman.

    

E’zoza MANSURJONOVA:

— Har bir shart­da o‘zim kutgan natija­ga erisha oldim. Fa­qat “Insho yo­zish” bos­qichida fikrla­rim­ni to‘g‘ri bayon eta olmaganim sa­bab biroz kam ball to‘pladim. Oliy o‘rinni qo‘lga kirit­magan bo‘lsam-da, xafa emasman. Chun­ki eng katta yutuqqa erishdim — da­damning ko‘zlarida quvonch yoshlarini ko‘rdim, men bilan faxrlanishlarini his etdim. Kelgusida ham mutolaadan sira to‘xtamayman. Qandaydir yutuq uchun emas, balki dunyoqarashimni boyitish uchun kitob o‘qiyman.

    

Halima SHAROPOVA:

— Mark Tvenning “Shahzoda va ga­do” asarida “Bilim qalbni yumshatadi, kis­hini rahmdil va shaf­qatli qiladi” degan fikrlar mavjud. Aynan shu bilimni biz faqatgina kitoblardan olamiz. Men o‘qigan 40 ta kitob ham hayotga boshqacha nazar bilan razm solishga o‘rgatadi. Garchi “She’riyat” shartida omadim kelmagan bo‘lsa-da, bu sinov menga juda yoqdi. Ayniqsa, Erkin Vohidovning “Mening yulduzim” nomli to‘plamidagi barcha she’rlar xo­tiramda mu­hrlangan.

Yana bir yan­gilik! Har bir yosh toifasi bo‘yicha “Yosh kitobxon” ko‘­rik-tan­lovining VIII mav­sumida bel­­lashishda asqotadigan kitob­lar ro‘yxati e’lon qi­lindi. Shunday ekan, mutolaaga sho­shi­ling! Kelasi yilgi “Co­balt” avtomobili sizniki bo‘lishi mum­kin.

    

Azim AXTAMOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.