Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitobim – oftobim

Poytaxtning Uchtepa tumanidagi 193-IDUMda Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan boshlang‘ich sinflar ishtirokida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

“Kitobim – oftobim” deb nomlangan ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olima Zamira Ibrohimova mehmon bo‘ldi. Bayramda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Ayniqsa, bolalar ijrosidagi mumtoz qo‘shiqlar, taniqli shoirlarning kitob haqidagi she’rlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida Zamira Ibrohimovaning yangi – “Ko‘chaning fayzi” nomli hikoyalar to‘plamining ham taqdimoti o‘tkazildi. Adibaning kitob haqidagi fikr-mulohazalarini o‘quvchilar diqqat bilan tinglashdi. Kitob bayrami ko‘tarinki kayfiyat bilan yakunlandi.

 

Dilbar TOJIYEVA,

maktabning ma’naviy-marifiy

ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.