Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Koʻksimdagi iftixor

Men 2004-yil “Mehr-muruvvat yili” da tugʻildim. Oʻsha paytlar Oʻzbekistonimiz bunyodkorlik, ilm-maʼrifat, mehr-muhabbat, himmat va muruvvat ustuvor boʻlayotgan, oʻz farzandlarining barkamol avlod boʻlib voyaga yetishini istayotgan, shunga mustahkam zamin yaratayotgan davr edi.

Mana 17 yildan buyon yurtimizda koʻpgina oʻzgarishlar yuz berdi. Oxirgi 5 yilni olib qaraydigan boʻlsak, Vatanimiz muhtaram prezidentimiz – Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yuksalish sari odim qadam bosmoqda. Tashqi siyosat, taʼlim tizimi, xalqning turmush tarzi yoki xalqaro munosabatlarni barchasida misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda. Taʼlimga koʻplab mablagʻlar va investitsiyalar ajratilayotganligi, eski maktablar taʼmirlanib, chekka qishloqdagi maktablarga malakali oʻqituvchilar jalb qilinayotganligi, oliy taʼlim sohasidagi oʻzgarishlar bari soʻzimizning isbotidir.

Men ona Vatanimda erishilgan shuncha yutuqlarni zarrasiga erisha oldim, deb oʻylayman. Zero, 2 yildan buyon fan olimpiadalarida faxrli 1-oʻrinni egallab kelmoqdaman. Kelajakda bundan-da yuksak marralarga erishishni, Vatanim ravnaqi yoʻlida munosib hissa qoʻshishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻyganman. Men Oʻzbekistonning baxtli qiziman, u kabi yuksaklarga intilmoqdaman!

Vatanim! Sen mening tugilib oʻsgan Ona zaminim, bor mehrini ulashgan onam, koʻksimdagi iftixorimsan!

Vatanim! Sen meni dunyoni titratgan Temurim, jahonga dongʻi ketgan Boburim, koʻngil olamimni yoritguvchi nurim, togʻlardan-da baland gʻururimsan!

Vatanim bugun sening bayraming – 30 yoshing muborak. Istagim shu, Mustaqilliging abadiy boʻlsin!

Nilufar NEʼMATULLAYEVA,

Angren shahridagi 17-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.