Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ko‘zgudagi o‘quvchi

Jurnalning 2-sonida berilgan “Boshni toshlardan asrab” maqolasi tengdoshlarimiz uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Chunki ko‘pchilik maktab o‘quvchilari, ayniqsa qizlar qo‘llariga turli naqshlarni soldirishni odat qilib olganlar. Bu ularning tarbiyasiga, axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Negaki, bu holat atrofdagilarning diqqatini o‘ziga tortadi. Davlatimiz bizga ilm olishimiz uchun shuncha sharoitlar yaratsa-yu, ulardan foydalanish o‘rniga ongimizni zaharlaydigan kompyuter o‘yinlari o‘ynab, yuzimizga rasm chizdirsak! Ota-onamiz, ustozlarimiz bizga shuni o‘rgatishyaptimi? Ozoda libos, yaxshi xulq-atvor o‘quvchining ziynati. Chunki eng avvalo tashqi ko‘rinishimizga, o‘zimizni tutishimizga qarab baho berishadi.

Kelajakda davlatimizga foydasi tegadigan ma’naviyatli inson bo‘lib yetishishimiz kerak.

 

Nilufar O‘ROLOVA,

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

7-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.