Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Partadoshim a’lochi

Yaqinda “Gulxan” jurnalidagi “Partadosh qanday tanlanadi” maqolasini o‘qib chiqdim. Haqiqatdan partadoshning to‘g‘ri tanlanishi o‘quvchining bilimi oshishida, iqtidorini namoyish qilishida muhim o‘rin tutarkan. Mening partadoshim Qamariddin sinfimizning a’lochi o‘quvchilaridan. Unga qarab chiroyli yozishga, barcha fanlardan a’lo baholar olishga harakat qilib, a’lochi o‘quvchilar safiga qo‘shildim. Do‘stim Qamariddin bilan vaqtimizni behudaga sarflamaymiz, bo‘sh vaqtlarimizda shashka, shaxmat o‘ynaymiz. Sinfdoshlarimiz bizning ahilligimiz, uyga vazifalarni bir-birimizga og‘rinmay tushuntirishimizni ko‘rib havas qilishadi.

 

Islomjon RO‘ZIBOYEV,

Xorazm viloyati Yangiariq tumani

19-maktab 3-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.