Kulgi boʻldim
Yoʻl boʻyida tovlanib
Oʻsar qamish qir osha.
Ogʻiz koʻzga aylanib
Boʻldim kulgi – tomosha.
Boʻgʻim-boʻgʻim tanalar
Chilvirdan uy quribdi.
Toʻsin uyin qoʻriqlab,
Oyoqqa chil uribdi.
Taʼqib qilgan qamishboy,
Yiqdi mohir “halol” deb.
Oʻh, gursillab yer oʻpdim,
Koʻz gavdaga malol keb.
Qamish polvon yutuqdan
Bir qoʻzgʻalib tek turdi.
Men chidamay ogʻriqqa
Yerni tepsam chang urdi.
Chang kosamdan yosh toʻkib,
Magʻlubligim oshirdi.
Qarab, anglab yur, – deya
Qoʻllar koʻzim yashirdi.
Zulfiya OLLAYOROVA,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Amudaryo tumani
“Barkamol avlod” markazi