Marafon
...Agar azamat chinorni boʻy-basti bilan koʻraman desang, sal naridan turib qara, yonidan qarasang, uning faqat bir boʻlagini koʻrasan, uzoqdan qarasang, butun salobati bilan koʻrasan.
***
Ona xalqining dardiga hamdard, quvonchiga sherik boʻla oladigan, har qanday mushkul sharoitda ham uni himoya qila oladigan ijodkorgina mehrga, izzat-hurmatga sazovor boʻladi.
***
Adabiyotimiz tarixini yaratishda har birimiz, ulugʻ voqealar guvohi boʻlgan kishilarni, qaytarib boʻlmas daqiqalarni qogʻozga tushirib qoldirishimz kerak.
***
Maʼlumki, har qanday oʻtkir shoirning ham hamma yozgan yaxshi, aʼlo sheʼrlari orasida uning butun ijodiy kuchini, sanʼatkorlik choʻqqisini belgilab beradigan bir necha sheʼrlari boʻladi.
***
...Hammamiz ham yaxshimiz. Hammamizda ham ozmi-koʻpmi nuqson bor. Tengdoshlarimning birini yaxshi, birini yomon deyishga sira tilim bormaydi.
***
Sheʼr yozishdan oldin kallaga dam berish kerak. Kulgi, hazil dam olishning eng yaxshi usuli. Undan tashqari kulgi shoirda yaxshi kayfiyat uygʻotadi.
***
Agar Ibn Sino, Rudakiy, Beruniy kabi allomalarning yonida yurgan doʻstlari xotiralar yozishganda, tarixchilar qiynalib oʻtirishmasdi.
***
Koʻp yillardan beri Buxorodan proza yozadigan chiqmayotgan edi. Endi chiqibdi. Chiqqanda ham, yarq etib, birdan koʻpchilikning koʻziga tushadigan boʻlib chiqibdi. Neʼmat Aminovning hikoyasi shunchalik pishiq-ki, har bir soʻzi orasidan Buxoro koʻrinib turadi. Butun bir Buxoroni buklab-buklab bitta hikoyaning ichiga joylab qoʻyaqopti.
Said Ahmadning “Yoʻqotganlarim va topganlarim” kitobidan
Aziz Ibrohimov,
Yashnobod tumanidagi
341-maktab oʻquvchisi