Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Marafon

***

Bo‘ri bolasi onasi uqtirgan qonun va qo‘rquvning qandaydir ta’siri ostida bo‘lgani uchun ham g‘or og‘ziga yaqin yo‘lamasdi.                     

 ***

Inson o‘zi e’tiqod qilgan ilohlari kamsi­tilsa, yoki o‘z mehnati bilan bunyod bo‘lgan sajdagohlar vayron qilinsa, ruhan azob chekadi – qiynaladi, bo‘ri bilan yovvoyi it esa bunday iztirobni bilmaydi, tushunmaydi ham.          

 ***

Ochga tegma, to‘qni qo‘zg‘atma, deganlaridek, bo‘ri bolasi qorni to‘ygach g‘orda onasi yoniga kelib yotdi va uxlab qoldi.                       ***

Itlar hurganda bo‘rilar sapchib o‘rnidan turib ketar, betoqatlanib irillagancha hamla qilishga chog‘lanishar, so‘ng yana qorga yotib birin-sirin uyquga ketishardi. Bo‘rilarga biron o‘lja yo‘liqsa edi, ular orasida kuyikish va u tug‘dirgan raqobat kuchayib, pirovardida to‘da tarqalib ketgan bo‘lardi.

Ziyodulla HAMIDULLAYEV,

ToshDO‘TAU talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.