Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maroqli dam – yutuqqa hamdam

Uchtepa tuma­nida­gi 236-maktab  o‘quv­chi­­lari, – tog‘ bag‘ri­dagi  orom­gohlarga bor­mas­dan ham maroqli dam olish mumkin ekan, –  deyishmoqda. Nahotki, de­yi­shga shoshilmang!  Gap shundaki, bu bo­la­­lar yozgi  ta’tilni  mak­­tabda tashkil  qilin­gan  sog‘lomlashtirish may­donchasida o‘t­­ka­zishmoqda. Sog‘lom­lashtirish maydon­cha­sida  tarbiyachilar, musiqa o‘qituv­chilari, sport murabbiylari “Beshta muhim tashabbus” doirasida dam oluvchilar bilan amaliy va ta’lim-tarbiyaviy  mashg‘ulotlar  o‘tadi.  Bo­lalar maxsus to‘ga­raklarda  o‘zlari qi­­ziqqan  hunarlarni o‘rganishga, sport  zalida esa  boks, kurash, karate, shaxmat-shashka  bo‘­yicha  mahoratlarini sinovdan o‘t­ka­zish­lari, qizg‘in bellashuvlar uchun sharoitlar yaratilgan. Darsliklardan  joy olgan  mual­liflarning  asarlarini kutubxonachi  opa­lari bilan birgalashib  o‘qib, muhokama  qi­li­sha­di.

– Men, uyimizdan  uzoqda  ya­shash­ni tasavvur qila olmaganim uchun  tog‘ yon bag‘irlaridagi orom­­gohlarga bormayman. Bi­roq, uyda yolg‘iz  qolishni ham yoq­tirmayman. Menga  o‘x­sha­­­gan bolalar uchun  sog‘lom­lash­tirish may­donchamizdagi har bir kun, har bir  mash­g‘ulot juda zavqli va  qiziqarli  bo‘lyapti. Mash­g‘ulotlar  ham bilimimizni  oshishiga, ham jismoniy chiniqishimizga yordam ber­yapti. Bu yer nafaqat menga, balki barcha   o‘r­toqlarimga yoqdi. Ishonamanki,  bu  ma­roq­li  dam olishimiz  yangi  o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qishimizga yordam beradi, – deydi  5-sinf  o‘quvchisi  Mohira Mirsobitova.

Latofat YUSUPOVA,

maktab sog‘lomlashtirish maydonchasi rahbari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.