Sonlar baxsi
Bir kun sonlar yig‘ilib,
O‘tkazibdi zo‘r yig‘in.
Har qaysi o‘z fikrini
Aytibdi birin-sirin.
Qo‘lin beliga qo‘yib
Nol o‘rtaga chiqibdi:
– Hammangizdan men zo‘rman, –
Deb qorniga nuqibdi.
Qad-qomatin tik tutib,
Bo‘y ko‘rsatibdi Biroy:
– Men hammaga ustunman
Sezmagansiz, hoynahoy.
– Maqtanmasdan ey daroz,
O‘pkangni bosgin biroz.
Mening ismim – Ikkioy
Dumimda barcha chiroy.
Shu payt gapga qo‘shildi,
Qo‘sh qornini qashlab Uch:
– Menman sonlar ichra shoh,
Sizning da’voyingiz puch.
Taxtga shunda To‘rt chiqdi,
Shohlarday tutib o‘zin.
O‘tkazmoqchi bo‘ldi u
Har bir songa o‘z so‘zin.
Buni ko‘rgan To‘qqizning
Chiqqancha rosa jahli.
Kelib sahna minbarga
Dedi: – To‘xtang son ahli.
Axir, biz bir oila
Bir guruhga jammiz-ku.
Atigi to‘qqizta son,
Million emas, kammiz-ku?!
Jam bo‘lsak biz yig‘ilib,
Kuch-quvvatga to‘lamiz.
Bunday tortishaversak,
Parokanda bo‘lamiz.
Shundan beri barcha son
Ahil-inoq yashashar.
Necha son kerak bo‘lsa,
Birgalashib yasashar.
Niginabonu AMIROVA,
Samarqand ixtisoslashgan san’at
maktab-internati 9-sinf