Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Minnatdorman

Har bir kishi bosib oʻtgan yoʻlini, quvonchini, shodliklarini oʻylaganda nimani topganini, nimani yoʻqotganini, nimaga erishganligini, nimaga erishmaganini oʻylaydi, albatta! “Gulxan” jurnalidagi salkam 7 yillik faoliyatim mobaynida, ishchan, qobiliyatli, mehnatsevar xodimlar bilan ishladim. Jamoaning Temurjon, Tojivoy, Mirvosil, Mamasoli, Maʼmurjon, Muhabbatxon, Xolidaxon, Vasilaxon, Nodiraxon, Faridaxon, Mohiraxon, Lolaxon, Zahroxon degan ajoyib izlanuvchan qalamkashlari bor edi. Har biri oʻziga xos bir dunyo, oʻziga xos bir olam edi. Jurnalni jurnal qilgan, oʻqimishliligi, taʼsirchanligi va ommaviyligini kuchaytirgan shular edi. Men yuqorida ismlarini sanagan xodimlarning xarakterini, dunyoqarashini, nimaga qiziqishi, nimani yoqtirmasligini kuzatardim. Keyinchalik ulardan kuzatib oʻrganganim yaxshi xulq, yaxshi axloqni qahramonlarimda ifodalardim. Shunday qilib, “Gulxan”da ishlab yurganimda “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yoʻllar” nomli romanlarimni yozdim. Takror aytaman, romanlar ustida ishlayotganimda xodimlarim meni ruhan qoʻllab-quvvatlashardi, oʻzlari anglab-anglamay dalda berib turishgan. “Gulxan”da ishlab yurgan paytimda bolalar yozuvchisi boʻlib tanildim.

 

Xudoyberdi TOʻXTABOYEV,

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati,

jurnalning 1978–1983-yillardagi

Bosh muharriri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.