Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mukofot muborak

Zulfiya nomidagi Dav­lat mu­ko­fo­ti­ning 2025-yilgi sovrindorlar  ro‘yxati qatorida yosh, is­te’dod­li ijod­kor Naima Anvarovaning ham borligini o‘qib quvonib ketdik.

Naima 2014-yil o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq she’riy mashqlarini “Gulxan”ga olib kelgani yodimizga tushdi. Qolaversa, u bolalar adabiyotining ustunlari – ustozlarimiz Anvar Obidjon hamda Tursunboy Adash­boyevlardan ham ijod saboqlarini o‘rgandi.

2019-yil ijodkor yoshlarning “Zomin” seminarida ishtirok etdi. Shu kungacha uning  bolalar uchun beshta kitobi chop etildi.

O‘ylaymizki, Naima Anvarova Zul­fiyadek katta shoiraga munosib izdosh bo‘ladi. Bundan keyin ham bolalar uchun, yosh kitobxonlar uchun g‘ayrat bilan ijod qiladi.

“Gulxan” jamoasi 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.