Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Musiqa – qalb tarbiyachisi

Men 2014-yildan buyon o‘zim ta’lim olgan V.A.Uspenskiy nomli Respublika ixti­soslashtirilgan musiqa maktabi (RIMM)da bolalarga goboy cholg‘usidan dars berib kelmoqdaman. Mutaxassis sifatida shuni aytamanki, bu sohada uzluksiz ta’lim juda zarur. Musiqa o‘rganishni bejiz “Igna bilan quduq qazish bilan barobar”, deyishmaydi. Bir kuyni o‘rganish o‘quvchidan qunt va sabrni, tinimsiz mehnat va mashqlarni talab etadi. Yaxshi natijaga erishish oson emas. Goboy cholg‘usida kuy ijro etib, laureat bo‘lgan bi­rinchi o‘quvchim  Diyora Jo‘rayeva hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi. U bir necha bor xalqaro va respublika tanlovlari g‘olibi bo‘lgani yuragimda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Bugun esa 4-sinf o‘quvchisi Ismatova Xonzodabegim “Puflama va zarbli cholg‘ular bo‘limi”da blok-fleyta sozi bo‘yicha menda o‘qimoqda. Xonzodabegim 2023-yilning mart oyida Qozog‘istonda “Baxtli bolalar” fondi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro miqyosdagi ikkita tanlovda J.B.Loyening “So­nata” 1- va 2-qismlarini, noyabr oyida esa “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Фестиваль талантов” xalqaro tan­lovida Daniel Oberning “Jiga” asarini ijro etib, faxrli 1-o‘rinlarni egalladi. U nafaqat musiqaga, balki ingliz tiliga, raqs, fortepiano cholg‘usida ham mahorat bilan ijro etishga qiziqadi.Men 2014-yildan buyon o‘zim ta’lim olgan V.A.Uspenskiy nomli Respublika ixti­soslashtirilgan musiqa maktabi (RIMM)da bolalarga goboy cholg‘usidan dars berib kelmoqdaman. Mutaxassis sifatida shuni aytamanki, bu sohada uzluksiz ta’lim juda zarur. Musiqa o‘rganishni bejiz “Igna bilan quduq qazish bilan barobar”, deyishmaydi. Bir kuyni o‘rganish o‘quvchidan qunt va sabrni, tinimsiz mehnat va mashqlarni talab etadi. Yaxshi natijaga erishish oson emas. Goboy cholg‘usida kuy ijro etib, laureat bo‘lgan bi­rinchi o‘quvchim  Diyora Jo‘rayeva hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi. U bir necha bor xalqaro va respublika tanlovlari g‘olibi bo‘lgani yuragimda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Bugun esa 4-sinf o‘quvchisi Ismatova Xonzodabegim “Puflama va zarbli cholg‘ular bo‘limi”da blok-fleyta sozi bo‘yicha menda o‘qimoqda. Xonzodabegim 2023-yilning mart oyida Qozog‘istonda “Baxtli bolalar” fondi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro miqyosdagi ikkita tanlovda J.B.Loyening “So­nata” 1- va 2-qismlarini, noyabr oyida esa “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Фестиваль талантов” xalqaro tan­lovida Daniel Oberning “Jiga” asarini ijro etib, faxrli 1-o‘rinlarni egalladi. U nafaqat musiqaga, balki ingliz tiliga, raqs, fortepiano cholg‘usida ham mahorat bilan ijro etishga qiziqadi.Yana bir o‘quvchim Soliha Hasanova endigina 2-sinfda o‘qishiga qaramay, 2023-yil may va iyun oylarida “SOUL” va  “QALB” xalqaro onlayn tanlovida L.V.Betxovenning “Sonatina” asari bilan ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni, noyabr oyida “Iqtidorli bolalar” xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Фестиваль талантов” xalqaro tanlovida kompozitor Abdurahim Sobitovning “Raqs” asarini blokfleytada ijro etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. O‘quvchilarim orasida 5-sinfda o‘quvchisi Mirjalol Mirzokirov  2023-yil iyun oyida o‘tgan “Qalb” Xalqaro  onlayn tanlovida blokfleyta yo‘nalishida Jan Batist Loye qalamiga mansub “Sonata” ning 1- va 2-qismlarini ijro etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Musiqa shunday boylikki, u aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, ta­biatingni tozalaydi. Musiqa ilmi zahmatlaridan cho‘chimay, uni mukammal o‘rgangan in­sonning hayotiga kutilmagan yangiliklar kirib keladi. Ijod qilishga sharoit yaratadi. Bu degani – seni kamolga yetkazib, umringni boqiy qiladi.Olimlar musiqani chinakam kuch manbayi hisoblashadi. Musiqa kishiga hayotiy quvvat, ma’naviy  zavq baxsh etishi, san’atga, adabiyotga, madaniyatga, ma’naviyatga e’tiborni yanada kuchaytirishi haqida davlatimiz rahbari ham kuyunchaklik bilan gapirdilar. Bir ustoz sifatida men ham bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri shakllantirish, ularni musiqaga oshno qilish kerak, deb o‘ylayman. Musiqaga ixlos qo‘ygan yoshlardan esa, hech qachon yomonlik chiqmaydi. 

Nargiza LATIPOVA,

V.A.Uspenskiy nomli RIMM katta o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.