Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mutolaa – zavq

Konimex tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi  ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni  keng  targ‘ib qilish maqsadida  tumandagi  DMTT  tayyorlov guruhining  yosh kitobxonlari o‘rtasida “Bolaga kitob bering” mavzusida kitob targ‘iboti o‘tkazildi. Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat, ulug‘ allomalarimiz merosiga, azaliy qadriyatlarga chuqur ehtirom tuyg‘usini singdirishga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Zero, yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning tayanchidir.

Kitob – eng yaqin do‘st, mutolaa – zavq.  Bu esa ular qalbida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Kitob mutolaasiga qaratilayotgan e’tibor milliy o‘zligimiz va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishi bilan alohida qadrlidir.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, bolalik — beg‘uborlik faslining oltin zinalaridan katta hayotga qadam qo‘yayotgan farzandlarimiz qo‘liga imkon qadar kitob tutqazaylik. Zero, ma’rifatli, ma’naviy boy va bilimli insonlargina yurtni obod qiladi. Ilm-fan va u orqali erishiladigan farovonlik bilan dunyoga tanilish esa bebahodir.

 

Zamira Qutliyeva,

Navoiy  viloyati  Konimex tumani

Axborot – kutubxona markazi mutaxassisi 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.