Obuna davom etmoqda
Maktabimiz o‘quvchilari “Gulxan” jurnalini o‘zlariga do‘st deb bilishadi. Uning har bir sonini, undagi maqola, she’r, ertaklarni birgalashib o‘qib muhokama qilishadi.
Jurnal bilan do‘stlikni davom ettirishni niyat qilgan 91 o‘quvchi “Gulxan”ning 2017-yilgi nashri uchun obuna bo‘lishdi. Obuna hali davom etmoqda.
Mohigul RASULOVA,
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi
Yil davomida “Gulxan” jurnali o‘qituvchi va o‘quvchilarimizning yaqin do‘sti, ustoziga aylandi. O‘quvchilarimiz yozgan she’r, chizgan rasmlari jurnalda e’lon qilingach jurnalga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Va maktabimizning 60ga yaqin o‘quvchisi 2017-yil uchun “Gulxan”ga obuna bo‘ldi.
Dilnoza NARZULLAYEVA,
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 21-maktab o‘qituvchisi