Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ota-onangiz umraga boradi, agar...

“Al-Aziz” akademiyasi haqida eshitganmisiz? Menimcha, qulog‘ingizga chalingan. 2019-yilda Yangiyo‘l shahrida tashkil etilgan ushbu akademiya bugun 4800 nafardan ortiq o‘quvchining ta’lim maskaniga aylangan. Ayni paytda, ilm istab kelgan o‘g‘il-qizlar markazdagi 150 dan ortiq malakali ustozdan bilim olmoqda. Akademiyada tibbiyot, dizayn, xorijiy tillar, hunarmandchilik, tikuvchilik kabi yo‘nalishlardan saboq beriladi.

Ayniqsa, ingliz tilini o‘rganuvchi bolalarga katta e’tibor qaratiladi. Fanni yaxshi o‘zlashtirayotgan, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarni markaz rahbari Abdulaziz Yo‘ldoshev tez-tez rag‘batlantirib turadi. Bu esa o‘quvchilar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirmoqda. Men bu yerda “Uy hamshirasi” kursini muvaffaqiyatli tamomlab, diplom va sertifikatga ega bo‘ldim.

Shu yil akademiyada qoyilmaqom yangilik bo‘ldi. Endi IELTS (International English Language Test System)dan 7+ darajani qo‘lga kiritgan bolaning ota-onasi Umra safariga bepul yo‘llanma bilan taqdirlanadi. Nazarimda, o‘quvchilar o‘rtasida haqiqiy musobaqa endi boshlanadi.

 

Sitora XO‘JAYEVA,

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 19-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.