Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oʻyinchoqlar yomgʻiri

O‘yinchoqlar yomg‘iri – dunyodagi mashhur ak­­si­yalardan biri. Sport klublari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan ushbu tad­bir, ayniqsa, bolajonlar uchun taassurotlarga boy bo‘­ladi. Bolalar va ularning ota-onalari turli xil o‘yinchoqlar bilan tomoshaga kelishadi.  Xokkey o‘yini yakunlangach, to­mo­shabinlar muzga minglab o‘yinchoqlarni uloqtirishadi. Yig‘ilgan o‘yinchoqlar bolalar uyi, kam ta’minlanganlar, yordamga muhtoj bolalarga tarqatiladi. “Humo” xokkey klubi ushbu aksiyani uch mavsumdan beri o‘tkazib kelmoqda.

Ilk bor “O‘yinchoqlar yomg‘iri” 2020-yilning 5-fevralida o‘tkazilgan. Unda 800 dan ortiq o‘yinchoqlar jamlanib, “Ezgu amal” fondi qaramog‘idagi onkologik kasallikka chalingan bolalarga ulashilgan.

Ikkinchi marotaba esa bu tadbir 2023-yilning 25-yanvarida bo‘lib o‘t­di. Unda 1300 o‘yinchoq yig‘ildi va “Ishonch” fondi qamrovidagi bola­larga tar­qatildi.

Bu yil ham ak­siya juda qiziq bo‘ldi. Yana, 1300 ta o‘yin­choqlar muz­dan terib olindi. Sov­g‘alar Maktab va mak­tabgacha ta’lim va­zir­ligi bilan birga Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘­chalarga berildi. 300 ta o‘yinchoq esa Qoraqalpog‘istonga jo‘natildi. O‘zbekistonda ilk bor  tashkil etilgan “O‘yinchoqlar yomg‘iri” aksiyasi nafaqat bo­lalar, balki kattalar uchun ham birdek qiziqarlidir. O‘zining sevimli yoki o‘ynab bo‘lgan o‘yinchog‘ini boshqa bir tengdoshiga ulashadigan bolajonlar mehrli, saxiy, ahil bo‘lib ulg‘ayadilar. Shu sabab uka-singillaringiz bilan har yili bir marotaba o‘tkaziladigan “O‘yinchoqlar yomg‘iri”da, albatta, ishtirok eting. Umid qilamizki, sizning ham qal­bingizda odamlarga yaxshilik qilish, ezgulik ulashish tuyg‘usi jo‘sh uradi, olam-olam taassurotlar bilan qaytasiz.

 

Barnoxon RAJABOVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.