Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oz-oz oʻrganib dono boʻlur

1. Koʻchaga chiqishdan avval ust-boshingni tartibga solishni unutma.

2. Tanishingni koʻrganda birinchi boʻlib salom ber.

3. Oʻzingdan katta bilan soʻrashganda birinchi boʻlib qoʻl choʻzma, ular qoʻl uzatguncha kutib tur.

4. Roʻparangdan yoshi katta kishi yoki qiz bola kelayotgan boʻlsa, oʻzingni chetga olib, yoʻl ber.

5. Yoningda ketayotgan kishi toyib ketsa, qoʻltigʻidan ushlab qol.

6. Avtobusga avvalo hamrohingni chiqar.

7. Avtobusdan tushish uchun eshik tomonga yurayotganingda shoshib-pishib yoʻlovchilarni turtib oʻtma. Qoʻlingni ishga solma. Tushish-tushmasligini sekin soʻra.

8. Hamrohingni diqqatini biror narsaga tortmoqchi boʻlsang, qoʻling bilan koʻrsatma, koʻz qiring bilan tushuntirishga harakat qil.

 

“Hayotingda hamrohing boʻlsin” kitobidan

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.