Pyureli kotlet
Masalliqlar: 2–3 dona kartoshka, 1 ta piyoz, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq un, tuz, murch va ozgina qiyma.
Tayyorlanishi: Kartoshka suvda qaynatib olingach yaxshilab eziladi. Piyoz, qiyma tovada alohida-alohida qovuriladi. Soʻng masalliqlarni bir idishga solib tuz, murch, tuxum, un qoʻshib aralashtiriladi. Gaz pechi listiga talqon sepilib, ustiga katta qoshiqda masalliq kotlet shaklida solib chiqiladi. Kotletlar 15–20 daqiqada tayyor boʻladi. Taom yuzini koʻkat bilan bezashingiz mumkin. Kotletlar yogʻda qovurilsa, yanada mazali boʻladi.