Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qadriyatlar qad rostlasa

Bugun har bir maktab oʻquvchisining qoʻlidagi qimmatbaho telefonga koʻzingiz tushadi. Bir oʻylab koʻring-chi, bir dona shunday telefonning puliga qancha kitob sotib olish mumkin. Qolaversa, oʻz uyida shaxsiy kutubxonasini tashkil etsa boʻladi-ku. Bolaligimdan buvijonimdan ertaklar eshitib katta boʻlganman. Taʼtil paytlarida buvijonim yonida hammamiz qaldirgʻoch bolasidek tizilib oʻtirardik. Buvim vaqtni bekor oʻtkazmaslik uchun paxta sitishni oʻrgatib, nimcha, choponcha tikib berar edilar. Shuningdek, qiziqarli kitoblardan oʻqib, mazmunini aytib berardilar. Ertaklar bolalik tasavvurimizni boyitib, ziyrak boʻlib oʻsishimizga yordam berdi. Buvim sandal atrofida qizlarga kashta tikish, buxorocha zardoʻzlikni, doʻppi tikishni oʻrgatar edilar. Opam bu hunarni buvimdan oʻrganganlar. Buvimning barcha nabiralari qoʻli usta hunarmand. Opam “Tashabbus” koʻrik-tanlovida faxrli oʻrinni egalladi va barchamizga ibrat boʻldi. Hunar koʻkka yetkazar, deganlari shu boʻlsa kerak-da! Barkamol avlod kelgusida qaysi kasb-hunarni tanlashi bolaligida eshitgan ertaklari va oʻqigan kitob qahramonlariga ham bogʻliqligini katta boʻlgach angladim. Kitob oʻqigan bola kelajakda qaysi hunarni egallamasin komil inson boʻlib kamol topishini oilamiz misolida koʻrdim.

Umida SULAYMONOVA,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Harbiy jurnalistika fakulteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.