Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Til bilgan el bilar

Dunyodagi eng goʻzal, jozibador tillardan biri bu – fransuz tili. Biz – Yunusoboddagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari, ustozlarimiz Zumrad Sattorova va Zuhra Nurmatovadan juda minnatdormiz. Ular fransuz tili darslarini qiziqarli uslubda oʻtib, qalbimizda bu tilga nisbatan muhabbat uygʻotishdi, jozibali til olamiga olib kirdilar. Natijada, har yili tuman, shahar fan olimpiadalarida faxrli oʻrinlarni egallayapmiz.

2020-yil olimpiada, “Bilimlar bellashuvi”da shaharda birinchi oʻrinni egalladim. Bunda ustozlarimning mehnati beqiyos. Maktabdoshlarim vatanimizda muntazam ravishda oʻtkaziladigan Frankofoniya festivalida qatnashib, sahna koʻrinishlari namoyish etishadi, sheʼrlar yodlashadi. Har yili maktabimizga Fransiyadan bir nechta oʻqituvchilar keladi. Ular oʻzbek xonadonlarida yashab, oʻzbekona turmush tarzi, madaniyatimizni oʻrganishadi. Bu hamkorlik oʻzaro doʻstligimizni mustahkamlamoqda. Til bilgan el biladi, deganlari bejiz emas ekan. Biz ham bu tilni oʻrganish orqali fransuz xalqining urf-odatlari, maʼnaviyati va madaniyati bilan chuqurroq tanishish imkoniyatiga ega boʻlmoqdamiz.

 

Aslzoda BAHODIROVA,

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-IDUMning

9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.