Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qayta topilgan quvonch

Urush yillari koʻplab matbuot nashrlari qatori bolalarning “Yosh kuch” jurnalining nashr etilishi ham toʻxtab qolgandi. Bolalarga bolalik quvonchini qaytarish kerak edi. Oʻzbekiston pioner va oʻquvchilarning jurnali “Pioner” nomida 1952-yil yanvaridan qayta nashr etila boshlandi. Oʻn yillik uzoq tanaffusdan soʻng jurnal oʻz oʻquvchilarini qayta topishi kerak edi. Bolalar oʻz jurnallarini sogʻinib qolishgan ekan. Xat-xabarlar yogʻilib ketdi. Elga mashhur yozuvchi va shoirlar Gʻafur Gʻulom, Oybek, Shayxzoda, Abdulla Qahhor redaksiyaga beminnat yordam berdilar. Gʻafur akaning “Bilib qoʻyki, seni Vatan kutadi”, “Oltin medal” kabi sheʼrlari oʻquvchilarimizga Vatanimiz talabnomasi kabi yangragandi.

Oʻsha yillari Poʻlat Moʻmin, Hakim Nazir, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, olimlarimiz Yahyo Gʻulomov, Obid Akromxoʻjayev, Gʻafurjon Rahimov, Hamidulla Hasanov, Ziyovuddin Akromov jurnalda oʻz asarlari bilan faol qatnashdilar.

Keyinchalik men bolalar gazetasiga ishga oʻtib ketdim. 1953-yilning noyabr oyidan boshlab jurnalga yozuvchi Sobir Yunusov bosh redaktorlik qila boshladi. Jurnal 1957-yilga kelib “Gulxan” nomi bilan nashr qilina boshlandi.

Gʻani JAHONGIROV,

jurnalning 1952–1953-yillardagi

Bosh muharriri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.