Qiziqarli faktlar
1. Dunyodagi eng baland Anxel sharsharasi Venesuela davlatida joylashgan. Uning balandligi 979 metrga teng. E’tiborlisi, sharshara suvining aksariyat qismi yerga yetib bormasdan bug‘ga aylanadi.
2. Sayyoramizdagi eng keksa daraxt Shvetsiyaning g‘arbiy qismida o‘sadi, uning yoshi 9550 da.
3. Jako to‘tilari 1500 ga yaqin so‘zni eslab qolishdan tashqari, ularning mazmunini ham tushuna olishadi. Eng muhimi, to‘tilar shakl, rang va hatto sonlarni farqlay olishadi.
4. Xitoylik olimlar achchiq ovqat umrni uzaytirishini isbotladilar.
5. O‘rta kattalikdagi bir tup daraxtdan 160 mingdan ortiq qalam tayyorlash mumkin.
6. Alp tog‘i Yevropa mamlakatlari yer maydonining 62 foizini egallaydi.
7. Yong‘oq tarkibidagi C vitamini qora smorodinadagidan ko‘ra o‘n baravar, limonga qaraganda qirq baravar ko‘p.
8. Fanta nega bunday nomlanganligini bilasizmi? II jahon urushi mobaynida Coca-Colaning Germaniyadagi bo‘limini boshqargan Maks Kayt yangi mahsulot yaratishga qaror qiladi. Unga nom berishda butun jamoa qatnashadi. Maks Kayt xodimlarga nemischada “fantasie” ya’ni “tasavvurni ishlating”, deydi. Ayni shu damda ishchilardan biri Jo Nip bexosdan “Fanta!” deb yuboradi. Buni qarangki, taklif hammaga ma’qul bo‘ladi va mahsulot shu nom bilan ataladi.
9. Atigi 100 kishi istiqomat qiladigan Aoshima orolida 400 dan ortiq mushuklar yashaydi.
10. Kundalik muloqotda chet ellik suhbatdoshlarni tushunish uchun taxminan 3 ming so‘zni bilish kifoya.