Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qoʻngʻiroq

Bir kuni ustoz xonadoniga shoirning ashaddiy muxlisi, do‘stim Olimjon bilan yo‘qlab borganimizda, eshik qo‘ng‘irog‘i sadosini eshitgan hamrohim menga qarab: “Aka, maktabning qo‘ng‘irog‘iga o‘xsharkan-a, ovozi”, – dedi. Men: “Rostanam bu juda katta maktab, ichkarida bizni ustozlarning eng ulug‘i kutyapti. Har safar shu ostonaga kelib, qo‘ng‘iroq chalaman-u katta darsga, saboq olgani kirib ketaman”, – dedim javoban. Erkin Vohidovning umrboqiy saboqlari qanchadan qancha avlodni kamolga yetkazadi. Adabiyot va ko‘ngil qo‘ng‘irog‘i biz shogirdlarni doimo ustoz qabuliga chorlayveradi.

 

Iqbol Mirzo,

Oʻzbekiston xalq shoiri

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.