Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qutlov

...Keyingi vaqtda yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirishdek ezgu ishga nashriyot-matbaa sohasi xodimlari ham munosib hissa qo‘shayotganini alohida e’tirof etish lozim. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning ong-u tafakkurini yuksaltirishda muhim rol o‘ynashi, shubhasiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIRZIYOYEVning

“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigi”dan

 

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni taniqli  bolalar shoiri  Dilshod Rajab uchun ikki karra  bayram bo‘ldi. U O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Farmoni  bilan II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni  bilan  taqdirlandi.

Jurnalimizning qadrdon  do‘sti va hamkori,  suyukli  shoirimiz Dilshod  Rajabni  jamoamiz va barcha  jurnalxonlar  nomidan  yuksak  mukofot bilan  muborakbod  etamiz.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.