Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sevimli jurnalingizning 2016-yil 11-soni nashrdan chiqdi

Jurnalning ushbu sonida “Muharrir suhbati” ruknida “Kuzgi uchrashuvlar”, “Mashhurlar bolaligi” ruknida “Ustoz – millat kelajagi”, “E’tirof” ruknida “Mo‘jiza yaratgan ustoz”, “Mulohaza uchun mavzu” ruknida “Pul sarflashni bilasizmi?”, “Iste’dod – millat mulki” ruknida “Tanlovlarda tanilib” maqolalari bilan tanishasiz. Shuningdek, maroqli ertak va hikoyalar, bir qator qiziqarli maqolalar, tavsiyalar, tengdoshlaringiz ijodi, ingliz tilidan mashqlar sizni intiq kutib turibdi. “Gulxan”ning bu galgi soni ham sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

 

Aytgancha, qadrdon nashringizga 2017 yil uchun obuna davom etyapti. Obuna bo‘lishni unutmang! Indeksimiz – 816.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.