She’riyat bayrami
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 191-maktabda Hazrat Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunlari munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda baynalminal urush qatnashchilari, Mehnat faxriylari va ota-onalar mehmon sifatida ishtirok etdilar. Maktab rahbari Bagirova Shoira Akbarovna bosh bo‘lgan bu bayramda o‘quvchilar Navoiy va Boburning g‘azal, ruboyilaridan yod aytib, dostonlaridan sahna ko‘rinishlari ijro etishdi. 10-sinf o‘quvchilari Navoiy va Guli monologini, 7-“B” sinf bolalari “Sab’ai sayyor”dan sahna ko‘rinishi, 3-sinf o‘quvchilari Navoiy hikmatlaridan yodlab, tadbir qatnashchilarini xursand etishdi. Ayniqsa, sahnada ustozlarning ham g‘azallarni ifodali qilib, ohang bilan o‘qishgani bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Shirin ZARIPOVA