Sinovlar qoʻngʻirogʻi
Mana, sanoqli kunlardan so‘ng yuraklarimizga titroq solib, so‘ngi qo‘ng‘iroq bong uradi. Bu esa biz bitiruvchilar uchun sinov qo‘ng‘irog‘idir. Keyin bitiruv imtihonlariga tayyorlanamiz. Undan so‘ng barchamizni yanada mas’uliyatliroq sinovlar kutadi. Kim oliygohlarga hujjat topshiradi, kim kasb-hunar bo‘yicha o‘qishga kiradi, kim ishga.
So‘nggi qo‘ng‘iroq... U hali jaranglamasdan qandaydir hissiyotlar meni chulg‘ab olmoqda. Avvalo, menga ilk harflarni o‘rgatgan birinchi ustozlarim, turli fanlardan saboq bergan barcha o‘qituvchilarimga, sinfdoshlarimga “xayr” deyishni o‘ylasam, ko‘zlarimga yosh qalqimoqda. 11 yil o‘rgangan joyingdan uzilib ketish, juda og‘ir. Lekin, na iloj.
Vatanimiz biz yoshlarga barcha sharoitlarni muhayyo qilib qo‘yganidan foydalanib, fan cho‘qqilarini egallaylik. O‘zbekistonning rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Toki, ota-onamiz, ustozlarimiz, yurtimiz ishonchini oqlab, ularga munosib bo‘laylik.
Robiya MUHAMMEDOVA
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi
193-maktabning 11-sinf o‘quvchilari