Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Siz bilmagan ajoyibotlar

Bolalikdan geografiya, fizika fanlariga juda ham qiziqaman. Endi xarflarni taniy boshlagan 5-6 yoshimda  “U kim, bu nima” deb nomlangan bolalar ensiklopediyasini mutolaa qilganman. Yoshim kichik bo‘lgani uchun ilmiy dalillarga asoslangan qalin va katta xajmdagi  kitob menga biroz  “og‘irlik” qilgan. Ammo, bir-biridan rangin rasmlar berilgan shu 2 jildli kitobni qayta-qayta ochgim kelaverar edi. Keyinchalik esa televizordan “Jilovlanmagan Afrika”  “Kustoning sarguzashtlari'” kabi  mashhur filmlarni biror qismini qoldirmay ko‘rib borar edim...Bolalikdan geografiya, fizika fanlariga juda ham qiziqaman. Endi xarflarni taniy boshlagan 5-6 yoshimda  “U kim, bu nima” deb nomlangan bolalar ensiklopediyasini mutolaa qilganman. Yoshim kichik bo‘lgani uchun ilmiy dalillarga asoslangan qalin va katta xajmdagi  kitob menga biroz  “og‘irlik” qilgan. Ammo, bir-biridan rangin rasmlar berilgan shu 2 jildli kitobni qayta-qayta ochgim kelaverar edi. Keyinchalik esa televizordan “Jilovlanmagan Afrika”  “Kustoning sarguzashtlari'” kabi  mashhur filmlarni biror qismini qoldirmay ko‘rib borar edim...Bugun ana shu qiziqishlarim sabab kuzatgan va o‘qib mushohada qilgan ona tabiatimiz ajoyibotlari haqida sizni ham xabardor qilgim keldi.Yer yuzidagi butun insoniyat bir yilda jami qancha energiya to‘plashi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz. Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa, albatta qiziqib ko‘ring. Sababi, butun insoniyat bir yilda sarflaydigan energiyani quyosh uch daqiqa ichida sarflashini bilib olasiz.Toshkent va Ashxobod yozining qoq peshinida har bir km. kvadratga tushadigan quyosh nurlari energiyasi Dnepr GES yarim yilda ishlab chiqaradigan energiya hajmiga teng ekan.Bu ma’lumot atrof-muhitga befarq bo‘l­magan insonlarni ser­gak torttiradi. Keyingi 500 yil ichida say­yoramiz kosmik jism­lar hisobiga mlrd.tonnaga og‘irlashdi. Taxminlarga ko‘ra vaqti kelib bu jismlar  sayyoramizning yillik yoki kunlik harakatiga ham o‘z tasirini o‘tkazishi mumkin.Endi esa tirikligimizning asosiy manbayi bo‘lgan suv haqida qisqacha o‘rtoqlashamiz:Okeanlar – ularni  quyosh tafti bilan qiziydigan bahaybat “bug‘ qozonlari'” desak ham bo‘ladi. Ammo uning bag‘ridagi suvlar ichish uchun yaroqsizligi barchamizga ma’lum. Okean va dengizlardagi sho‘r suvni biz oddiy holatdek qabul qilamiz. Biroq bu tabiatning g‘aroyib hodisalaridan biri. Chunki, sho‘r suv D.I.Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha kimyoviy elementlarni jamlagan o‘ziga xos kokteyldir.     

Feruza RAHMATOVA,

yosh kinorejissyor

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.