Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘ bolalar – badavlat

Sog‘lom ona va bola,

Go‘yoki – bog‘ va lola.

Sog‘ qurilsa kelajak,

Ular baxtli bo‘lajak.

 

Ruhi tetik, tani sog‘

Ilm-fandan ham ogoh.

Ma’naviy olami keng,

Odobi oltinga teng.

 

Sog‘lik o‘zi bir davlat,

Sog‘ bolalar badavlat.

Pok niyatli oy bola,

Sog‘lom bola – boy bola!

 

Yulduzxon ABDULLAYEVA,

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

Zarafshon mahallasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.