Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

So‘ngi ta’til

Men bu yil 10-sinfni tamomlab, bola­lik va o‘smirlikning so‘nggi ta’til kun­la­rini o‘tkazyapman. Kelgusi yil ta’tilga chiq­masligimni o‘ylasam, maktab davri oltinga teng ekanini tushunyapman va ulug‘larimizning “Bir narsani yo‘qotmaguningcha uning qadriga yetmaysan” – degan purma’no so‘zlari yodimga tushyapti.

Nazarimda o‘n yil bir zumda o‘tdi-ket­di. Endi bor-yo‘g‘i bir yilgina o‘qiymiz va jonajon maktabimiz bilan xayrlashamiz. Endi biz uchun takrorlanmas bo‘lgan ana shu bir yilni, bebaho lahzalarni qadriga yetishimiz, har bir onini mazmunli o‘tkazishimiz kerak. Bizni ilk bor qo‘limizdan yetaklab sinfxonaga olib kirgan, alifboni, o‘qish va yozishni o‘rgatgan ustozlarimizdan qancha minnatdor bo‘lsak, shuncha kam. Ertalab uxlab qolib darsga kech qolganimda, dilimni og‘ritmay, onamdek mehribonlik qilgan sinf rahbarimiz Nazokat Tursunbekovaga katta rahmat aytgim kelyapti. Bizni har bir fanning o‘ziga xos olamiga  olib kirgan bar­cha ustozlarimga ta’zim qi­laman. Hozirda ingliz ti­lidan  re­pe­titorga qat­na­­yapman. Sport­ning taek­vondo turi bi­lan shu­g‘ul­lanyapman, uy ishlariga yor­damlashyapman. Shunday bo‘l­sa-da, negadir, so‘ng­gi ta’til kunlarida maktabni ustozlarim va sinfdoshlarimni har yilgidan ko‘ra ko‘proq sog‘inyapman. Ularni tezroq ko‘rgim kelyapti.

 

Madina ASOMIDDIN qizi,

XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.