Talaba qiz otasiga avtomobil sovg‘a qildi
Aziza INXA universiteti bitiruvchisi bo‘lib, EPAM kompaniyasida Software Engineer sifatida faoliyat yuritadi. U avtomobilni otasining tavallud kuniga sovg‘a qildi. “Mening IT sohasini tanlashimga sababchi bo‘lgan inson – otam. Ularning kasbi injener mexanik. Men doim otamga havas qilib injener bo‘lishni orzu qilganman. O‘qib, shu kasbni egallab, bugun muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimda ota-onamning, xususan otamning mehnatlari juda katta”, – deydi Aziza.
Azizaning bu yutug‘i boshqa qizlarning ham IT sohasini tanlab, o‘z ustida ishlashlariga rag‘bat bo‘lsa, ne ajab!