Tanbeh (masal)
Daryoga cho‘kib ketayotgan bola sohilda turgan odamni yordamga chaqirdi.
– Suzishni bilmas ekansan, nima qilarding cho‘milib? Endi oqib ketsang, sho‘rlik ota-onang...
– Amaki, avval meni qutqarib oling, keyin qancha koyisangiz ham mayli, – qichqirdi bola suv yuzida goh ko‘rinmay, goh ko‘rinib borarkan.
Qissadan hissa: bemavrid tanbeh bergan odamning o‘zi pand yeb qolishi mumkin.
Ezop