Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tovus bilan zag‘cha

O‘rmondagi barcha qushlar  ulkan maydonga yig‘ilib  o‘zlariga  podshoh saylamoqchi bo‘lishdi. Shunda  Tovus: – Meni saylanglar! Qarang, men naqadar chiroyli va kelishganman, – dedi. Ko‘pchilik  uning taklifiga rozi ham bo‘ldi. Shu payt  Zag‘cha  o‘rnidan  turib dedi:

– Agar sen podshoh bo‘lsang-u,  to‘satdan  burgut hamla qilib  qolsa,  bizni qanday himoya qilasan?!

Tovus nima deyishni bilmay orqaga tislandi.

Qissadan hissa: hukmdorni husn emas, iqtidor – qudrat bezamog‘i kerak.

 

Ezop

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.