Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uchar otlar

Qadim-qadimdan ot insonning yaqin doʻsti boʻlgan. Hali poyezd, avtomobil, samolyotlar oʻylab topilmagan zamonlarda ot eng qulay ulov boʻlgan. Odamlar uzogʻini yaqin qilgan.

Garchi hozir otlarga biroz eʼtibor susayganday sezilsa-da, aslida, uchqur poygachi otlarning bahosi manaman degan avtomobillardan qimmatroq turadi. Shu bois hanuzgacha avtomobillarning qudrati ham ot kuchi bilan 20 ot kuchiga ega, 40 ot kuchiga ega deb belgilanadi.

Zoologiya darsida oʻqituvchingiz otlarning qadimgi avlodi mushukdek kichkina boʻlgan, daraxtlarda yashagan, deganida yaylovlarda, koʻpkarilarda shamoldek yelib yurgan haybatli tulporlarni, bobosining “otni devlar mingan, otning devi boʻladi”, degan vahimali gaplarini eshitgan bolalar bunga ishonmagani esingizdami?

Balki, ular bugun dunyoda oʻsha mitti otlarning 250 dan ziyod turi mavjudligi, ular orasida koʻrib yoqa ushlaydigan, gʻaroyiblari borligiga ham ishonishmas. Unda mana bu antiqa qiyofali tulporlarga nima deyisharkin?

 

1.Qadamidan o‘t chaqnaydigan friz ot.

2.Pinto otining biqinidagi tug‘ma «yulduzcha»larni yopinchiq deb o‘ylamang.

3.Dunyodagi eng qimmatbaho arab oti.

4.Oltin yolli ot.

5.Bakskin oti.

6.Rangi shaffofdek tiniq oq-qora rangli, chiroyli pinto otiga ola-bulaligi bilan maqtanadigan golland  sigirlari ham havas qiladi.

7.Mana bu xoldor otni ko‘rsa leopard nima derkin-a?

8.Kremli axaltekin otining sag‘rini rostan ham krem surganday yalt-yult qiladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.