Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Xamsa” aylanma krossvordi

xamsa_krossvordi.JPG

Ushbu   mashq  Alisher Navoiyning “Xamsa” asari asosida tuzildi. Javoblarni  belgilangan xonadan raqam atrofiga yozing. 1. “Sab’ai sayyor” dostonining bosh qahramoni. 2. Asli ismi Qays bo‘lgan qahramon. 3. “Farhod va Shirin” asaridagi olim. 4. Dostondagi Mehrning suvda cho‘kmas, qilich kesmas sadoqatli do‘sti. 5. “Saddi Iskandariy”da podsho elga mushfiq va marhamatli bo‘lishini ta’kidlagan alloma. 6. “Dedi: “Har ishki, qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod” hikmatini aytgan qahramon. 7. Farhodning sadoqatli do‘sti. 8. Shirinning so‘zlaridan: “Menga ne yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu ...”.  9. “Sab’ai sayyor”dagi sadoatli yor. 10. Asarning uchinchi dostonidagi vafodor yor. 11. Farhodga  naqqoshlikni o‘rgatgan  ustoz. 12. “Xamsa”  qahramonlarini mo‘yqalamda tasvirlagan O‘z­be­kiston xalq rassomi. 13. Asarning birinchi dosto­ni nomidan: “...-ul-abror”. 14. Na­voiy­ning “Xamsa”siga yuk­sak baho bergan ustozi, zamondosh shoir. 15. Farhodning raqibi,  razil kishi. 16. “Sab’ai sayyor” dostoni hikoyasidagi zargar ismidan: “Zayd ...”. 17. Asarning to‘rtinchi dostonidagi qalbi sof, sadoqatli va xushfe’l yigit. 18. “Farhod va Shirin”dagi misralardan: “Ermas oson bu maydon ichra turmoq, ... panjasig‘a panja urmoq”. 19. Dostondagi hikmatdan: “... ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”. 20. Falsafiy-ta’limiy dostondagi muloqotlardan birining nomidan: “She’r va ...”.

Foziljon ORIPOV tuzdi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.