Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xushxabar

Yaqinda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Gulxan”ning faol jamoatchi ijodkori Ochil Toshqulovdan quvonchli xabar oldik. Unda “Boysun bahori” folklor festivali tanlovida qatnashgan tuman etnografik xalq jamoasi aynan Ochil Toshqulovning  qalamiga mansub  qo‘shiqlari bilan  ishtirok etgani haqida aytilgan edi. Boysun folklor ansambli muallifning  “Turnalar”, “Hud oyi haqida” qo‘shiqlarini ijro etib festivalda 1-o‘rinni olgan va kattagina pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Tahririyatimiz nomidan festival g‘oliblarini chin qalbdan tabriklaymiz.

 

“Gulxan”jon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.