Xushxabar
Yaqinda Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Matematika fanidan uzoq yillardan beri oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro darajadagi Bolqon olimpiadachilari safiga Oʻzbekiston ham qoʻshildi. Olimpiadaning bu yilgi mezboni Turkiyaning Antaliya shahri boʻldi. Unda 24 ta mamlakatdan 132 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida quyidagi oʻquvchilar qatnashdi:
Anvarbek Rahmatov – Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani RTMA IM 11-sinf oʻquvchisi;
Ozodbek Axtamov – Toshkent shahar Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;
Anvarbek Saʼdullayev – Buxoro viloyati Peshku tumani 8-maktab 11-sinf oʻquvchisi;
Suxrob Xalilov – Navoiy shahri 1-RTMA IM 11-sinf oʻquvchisi;
Behzod Maqsudov – Xorazm viloyati Urganch shahri 6-IMI 11-sinf oʻquvchisi;
Rasulbek Gʻafforov – Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 144-maktab 8-sinf oʻquvchisi.
40-Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etgan 6 nafar ishtirokchidan 4 nafari – Anvarbek Rahmatov, Ozodbek Axtamov, Anvarbek Saʼdullayev, Behzod Maqsudovlar bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Olimpiada gʻoliblarini “Gulxan” jurnali jamoasi va muxlislari nomidan chin dildan tabriklaymiz.