Xushxabar
Aziz muxlislar! Sevimli shoirimiz, qadrli ijodkor Tursunboy Adashboyev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Ola Buqa tumanidagi 8-maktabda ta’lim olgan. Quvonarlisi, yaqinda ushbu maktabga Tursunboy Adashboyev nomi berildi. Qardosh do‘stlarimiz va adabiyot ixlosmandlariga yangilik muborak bo‘lsin! Bu ta’lim maskanida ko‘plab ijodkorlar, qirg‘iz adabiyotining zabardast vakillari yetishib chiqadi, degan umiddamiz.