“Yaxshilik deb yashaylik” tanlovi
Qadrli doʻstlar, “Gulxan” jurnali “Yaxshilik deb yashaylik” nomli insholar, rasmlar va fotosuratlar tanlovini eʼlon qiladi! Martin Lyuter Kingning bir gapi bor: Hayotning har bir inson doimo oʻziga berishi kerak boʻlgan eng dolzarb savoli mavjud: “Bugun atrofingizdagilar uchun qanday yaxshilik qildingiz?” Hayotimiz xuddi ulkan taroziga oʻxshaydi. Bunda oʻziga nisbatan hurmat bir taraf boʻlsa, yashayotgan dunyomizni goʻzallashtirish va boshqalarning ham qalbida chiroq yoqa olish uning yana bir muhim jihatidir. Umrimizni baxtli va mazmunli oʻtkazmoq uchun esa ikki pallani ham teng tutish lozim. Qanday sharoitda boʻlishimizdan qatʼi nazar bizda har doim yaxshilik qilish uchun imkoniyat va sehrli kuch bor. Lekin biz baʼzida oʻz ishlarimiz bilan band boʻlib oʻsha sehrli kuchni unutib qoʻyamiz. Quyida taqdim etilayotgan roʻyxat buyuk odamlar qilayotgan yaxshiliklar oldida hech narsa boʻlmasligi mumkin. Ammo, unutmang, yaxshilikning katta-kichigi boʻlmaydi.
1. Yaqin insonlarga, ota-onamiz, sinfdoshlarimizga tabassum hadya etish.
2. Anchadan buyon gaplashmagan yoki olisdagi doʻstimizga xat yozish.
3. Shahar, qishlogʻimizdagi kutubxonaga eski yoki oʻqib boʻlgan kitoblarimizni sovgʻa qilish.
4. Gullarni yaxshi koʻradigan odamga gul sovgʻa qilish.
5. Bahorda oʻz daraxtimizni ekish va uni nomlash (masalan mehr daraxti, yaxshilik daraxti va hokazolar).
6. Bizni xafa qilgan, koʻnglimizni ogʻritgan insonni kechirish.
7. Uyda kimningdir oʻrniga ishlarni bajarib qoʻyish (masalan, idishlarni yuvib qoʻyish).
8. Kimdir yaxshi koʻradigan taomni oʻz qoʻllarimiz bilan tayyorlash va uni xursand qilish.
9. Xafalashib qolgan ikki oʻrtoqni yarashtirib qoʻyish.
10. Qoʻpol odamlarga xushmuomalalik bilan javob qaytarish.
11. Yaqinlarimizga shunchaki sovgʻa ulashish (kichkina boʻlsa ham).
12. Doʻstimizga ancha oldin birga tushgan rasmimizni yuborish.
13. Keksa qoʻshni amaki yoki xola bilan gaplashib oʻtirish.
14. Mahalliy shifoxonadagi bolalar holidan xabar olish.
15. Kichkinalarga (oʻzimiz bilgan) nimanidir oʻrgatish (masalan, rasm chizish, ingliz tili)...
Xoʻsh doʻstim, siz-chi? Siz atrofingizdagilarga qanday yaxshilik qilyapsiz? Yaxshilik deganda nimani tushunasiz? Fikrlaringizni biz bilan oʻrtoqlashing va ajoyib sovgʻalarni qoʻlga kiriting.
Ijod namunalaringizni t.me/@Dilnavoz_Najimova> telegram manziliga, shuningdek, E-mail spam-botlardan himoyalangan. Uni ko‘rish uchun brauzeringizda JavaScript yoqilgan bo‘lishi kerak., E-mail spam-botlardan himoyalangan. Uni ko‘rish uchun brauzeringizda JavaScript yoqilgan bo‘lishi kerak. pochta manzillaridan biriga yoki tahririyatimiz joylashgan Toshkent shahar Alisher Navoiy koʻchasi 30-uyga 2020-yilning birinchi oktabr sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun tel: +998972743098