Yongʻoqli salat
Masalliqlar: 250 gramm qaynatilgan tovuq goʻshti va dudlangan mol goʻshti, 200 gramm tayyor sabzi salati, 150 gramm karam, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi, 1 osh qoshiq un, 1–2 osh qoshiq suv, mayonez, yongʻoq magʻzi, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Dudlangan goʻsht, qaynatilgan tovuq goʻshti va karamni somoncha shaklida toʻgʻrang.
2. Tuxumni sanchqi bilan koʻpirtirib, un, suv va tuz qoʻshing. Quymoqlarni qizdirilgan oʻsimlik yogʻida pishirib olib, ularni ham somoncha shaklida toʻgʻrang.
3. Barcha toʻgʻralgan masalliqlar va sabzi salatini aralashtiring. Mayonez solib, yuziga maydalangan yongʻoq magʻzini seping.
Pazanda: NAZOKAT