Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ziyo ulashgan festival

Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Respublikamiz boʻylab “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi. Shu munosabat bilan 19-21-sentabr kunlari qadimiy va navqiron poytaxtimiz Toshkentda oʻzida milliylik va zamonaviylikni uygʻunlashtirgan “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi.

Festival boshlanishi oldidan “Yoshlar ijod saroyi”da faxriy ustozlar, oʻquvchi yoshlar va jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur anjuman doirasida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida oʻtkazilgan “Vatan haqida yozilgan eng yaxshi maqola” koʻrik tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Bizni quvontirgan yana bir yangilik shuki, jurnalimiz bosh muharrir oʻrinbosari Farhod Eshmoʻminov ushbu tanlovda faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Festival davomida poytaxt maktablari oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida “Tafakkur” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda aʼlochi va faol oʻquvchilardan iborat 11 ta jamoa savol-javob, maqolni davom ettirish va bahr-u bayt shartlari boʻyicha bellashishdi. Qizgʻin bahs-munozaralarga boy bellashuvda, yuksak salohiyat va bilimini namoyish qilgan jamoalar taqdirlandi.

Festival ishtirokchilari uchun Toshkent shahridagi qator muqaddas qadamjolarga sayohat uyushtirildi.

“Gulxanjon”

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.