Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Zuhriddin Isomiddinov

Zuhriddin Isomiddinov 1953-yil 1-yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1959-1969-yillarda O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi maktabda o‘qigan.

1970-1971-yillarda O‘sh viloyat gazetasida musahhih;

1971-1976-yillarda Toshkent davlat univer­site­ti­ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlagach, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tarjima nazariyasi va adabiy aloqalar bo‘limida laborant, kichik va katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan.

1998-2001-yillarda O‘zbekiston Res­pub­­likasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi;

2001-2002-yillarda Alisher Navoiy no­midagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori;

2003-2011-yillarda O‘zbekiston Milliy kitob palatasi direktori;

2011-2014-yillarda Alisher Navoiy no­midagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar xizmati rahbari;

2013-yildan “Jahon adabiyoti” jurnali tahrir hay’ati a’zosi;

2021-yildan hozirgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyush­­masi Badiiy tarjima kengashi raisi;

1997-yildan “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” do‘stlik ja­miyatini ta’sis etish tashabbuskori va ijrochi direktori.

Zuhriddin Isomiddinov 2021-yil O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti Farmoniga binoan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2019-yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2015-yilda “To‘qtag‘ul. Qo‘shiqqa evrilgan, kuy­larga to‘kilgan umr” kitobi tarjimasi uchun TASAM (Turkiya) tashkilotining xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2013-yil Abdulla Qahhorning “Kartina” hikoyasi, “Maftuningman” kinokartinasi va konfliktsizlik nazariyasi” maqolasi uchun “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan “Eng yaxshi badiiy va ilmiy asarlar” tanlovi g‘olibi.

2023-yilda Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi etib saylandi. Ko‘plab ilmiy risolalari va badiiy tarjimalari kitob bo‘lib nashr etilgan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.