Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Achchiq choy haqida achchiq gap

Yaxshi udum, yaxshi kalom:

“Choyga keling, choyga keling!”

Lekin faqat dasturxonmas,

Zo‘r dasturlar tuzing, bo‘ling.

 

Shahd-shiddatda ilm-u fan ham,

Tezkor, shoshqin zamon bu kun,

Kimlar uchun oltin – har dam,

Va bir qadam osmon bu kun!

 

Chorlar ular ko‘k to‘ridan:

“Oyga keling! Oyga keling!”

O‘tirmaylik biz so‘rida:

“Choyga keling! Choyga keling!”

 

...Beg‘am choyxo‘r ortda borar,

Sudralar, naq toshbaqa-da.

So‘ng dunyodan nolib yurar,

Kuni qolib choychaqaga!

 

Dilshod RAJAB

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.