- Rukn: Sheʼrlar
- 401 marta ko‘rilgan
O‘rgimchak (odam)ga
Xo‘b mehribonga o‘xshab
Aylanasan o‘rgulib.
To‘ringga tushar o‘lja,
Mehring – tuzoq, ko‘rgulik.
Ayyorliging ko‘p ko‘rdim,
Bari ishing yolg‘ondan.
E, bor, men ham o‘rguldim
Sendaqa mehribondan!
Dilshod RAJAB